Şu vaqtga qadar Ukrainaga Germaniya va Niderlandiyadan şunday öziyurar qurilmalardan 10 dan ortiği keltirilgandi. Ammo ular şu vaqtgaça zaxiradan olib kelinayotgandi. Endi esa, matbuotdagi xabarlarga köra, ularni quriş kerak böladi va bu bir neça yil vaqt olişi mumkin. Bu şartnoma frontdagi vaziyatni jiddiy va tez özgartira olmaydi. Ammo bu qadar köp zamonaviy qurol kelajakda vaziyatni özgartirmay qolmaydi.

Xarakteristikasiga köra Panzerhaubitze 2000 - dunyodagi eng yaxşi öziyurar artilleriya tizimlaridan biri. U öqlaş mexanizmi bilan jihozlangan, bu esa öq uziş tezligini daqiqasiga 10 taga yetkazadi. Alohida rejimda u töqqiz soniyada uç bor öq uzişi mumkin.

52 kalibrli Rheinmetall L52 qurolidan öq otiş masofasi NATO standartidagi 155-millimetrli snaryadda 30 kilometrdan ortiqni taşkil etadi. Ammo maxsus öq-dori qöllanganida bu masofa jiddiy oşişi mumkin.

Panzerhaubitze 2000 amerikaliklarning yuqori aniqlikda harakatlanuvçi M982 Excalibur snaryadlaridan foydalanişi mumkin. Ukrainaga bunday snaryadlar yetkazib berilgani haqida rasmiy ma’lumot yöq, ammo Pentagon 8 iyul kuni e’lon qilgan Ukrainaga yetkaziladigan qurollar röyxatida Kiyevga 155-millimetr kalibrli yuqori aniqlikdagi snaryadlar yetkazilişi aytilgandi. Köplab ekspertlar hisoblaşiça, bunda gap aynan M982 haqida ketgan.

M982 Excalibur snaryadlari ikkita galma-gal işlovçi navigatsiya tizimlaridan - öt otiş nuqtasidan nişongaça trayektoriyani hisoblovçi GPS va inersiyaga asoslangan tizimlardan foydalanadi. Inersial tizim taşqi axborot manbalariga, masalan, sun’iy yöldoş signaliga boğliq bölmaydi, u faqat snaryad parvozi trayektoriyasini hisoblaydi.

56 tonna bölişiga qaramay, Panzerhaubitze 2000 yölsiz hududlarda tez harakatlana oladi. Foto: Getty Images

Bunda snaryad manyovr qiliş va yetib boriş masofasini 40 kilometrgaça oşirişga yordam beruvçi yiğiladigan «qanotlar»dan foydalanadi. Ayrim modifikatsiyalar esa bundan ham uzoqroqqa otiş imkonini beradi. 

GlobalSecurity.org saytiga köra, stvoli uzunligi 52 kalibr bölgan 155-millimetrli quroldan foydalanganda M982 snaryadi 47 kilometr masofadagi nişongaça yetib boradi.

Şu bilan birga, piyodalarga, zirhli nişonlarga va mustahkam boşpanalarga qarşi qöllaş uçun turli variantdagi snaryadlar işlab çiqariladi.