Özbekiston oliy ta’lim muassasalarida kasbiy, ijodiy imtihonlar boşlandi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
1–10 avgust kunlari mamlakatning 46 ta OTMda kasbiy imtihonlar bölib ötadi.
Abituriyentlar ota-onalariga imtihon jarayonlari haqida tezkor va batafsil ma’lumot berib boriş maqsadida maxsus Eduuzijodiy2022 telegram-kanali faoliyati yölga qöyildi.

Unda imtihonlar qaysi oliy ta’lim muassasasida bölib ötayotgani, imtihon ötkaziladigan joylar, öquv xonalarni jonli tarzda kuzatiş mumkin böladi. Şuningdek, maxsus kanalga imtihonlar haqidagi xabarlar (foto va videolavha) ham joylab boriladi.
Ijodiy imtihonlarning xolis va şaffof ötkazilişini keng jamoatçilikka yetkaziş maqsadida jarayonlarga deputatlar, OAV vakillari, blogerlar, davlat va jamoat arboblari ham taklif etilmoqda.

OTMda bölib ötayotgan imtihonlarni imtihon.edu.uz platformasi hamda oliygohlarning rasmiy YouTube kanallari orqali jonli kuzatib boriş mumkin.












