“Özgidromet” xabariga köra, faqat Qoraqalpoğistonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq böladi. Havo harorati kunning ikkinçi yarmida 34-37 daraja issiqqaça kötariladi.
Ertaga Samarqand, Jizzax viloyatlari, respublika toğoldi va toğli hududlarining ba’zi joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğişi kutilmoqda. Qolgan hududlarda yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
1-2 avgustda janubda va çöl hududlarda ba’zi joylarda şamol 15-20 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlari bilan kuzatilişi mumkin.
Hafta örtasidan Özbekiston hududining katta qismida havo oçiq böladi, faqat respublika toğoldi va toğli hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati biroz kötariladi va keçalari 20-25 daraja issiq, kunduz kunlari 34-39 daraja issiq atrofida böladi.
1 avgustda toğoldi va toğli hududlarda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.












