DXX Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Paxtaçi tumanidagi “Samarqand muntazam” YPX maskanida “Spark” rusumli avtomaşina töxtatilib, közdan keçirildi.
Natijada, avtomaşinada Urgut va Oqdaryo tumanlarida yaşovçi, 1991 yilda tuğilgan ikki nafar fuqaro ketayotgani ma’lum bölib, ular yonida 10 kilogramm “opiy” giyohvand moddasi borligi aniqlandi va örnatilgan tartibda rasmiylaştirib olindi. Ular Tojikistondan kontrabanda yöli bilan olib kelingan uşbu moddani Xorazm viloyatida sotişni rejalaştirgan.
Surxondaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Termiz tumanida yaşovçi, 1983 va 1986 yillarda tuğilgan ikki nafar fuqaro 2 kilogramm 60 gramm “opiy” moddasini 40 ming AQŞ dollariga sotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan qölga olindi. Ular Tojikistondan keltirilgan uşbu giyohvandlik vositasini Termiz şahrida istiqomat qiluvçi, 1989 yilda tuğilgan fuqarodan 28 ming AQŞ dollariga sotib olgani aniqlanib, u ham uşlandi.
DXX Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari va Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Bekobod-Guliston yönalişida harakatlanayotgan “Nexia” rusumli avtomaşina Boyovut tumanida töxtatilib, közdan keçirilgan. Unda yölovçi sifatida ketayotgan, Tojikiston fuqarosi bölgan, 1964 yilda tuğilgan şaxs yonida 1 kilogramm “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegişli tartibda rasmiylaştirib olindi. Aniqlanişiça, u mazkur narkotikni Qozoğistonga ötkazişni rejalaştirgan.
Farğona şahrida yaşovçi, 1988 yilda tuğilgan Tojikiston fuqarosi esa öz şar’iy nikohidagi turmuş örtoği bölgan, 1992 yilda tuğilgan ayol bilan Surxondaryo viloyati Denov tumaniga borib, Tojikistondagi narkosavdogardan 11 ming AQŞ dollariga sotib olingan 976 gramm “opiy” va 994 gramm “gaşiş” giyohvand moddalarini kontrabanda yöli bilan mamlakat hududiga ötkazadi. Söng ular narkotik moddalarni olib qaytayotgan vaqtlarida Marğilon şahrida DXX Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan uşlandi.
Boşqa holatda esa Yozyovon tumanidan Marğilon şahri tomon harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomaşina töxtatilib, közdan keçirildi. Unda yölovçi sifatida ketayotgan, Marğilon şahrida yaşovçi, 1979 va 1983 yillarda tuğilgan, muqaddam sudlangan ikki nafar fuqaro yonida Qirğizistondan olib kelingan 698 gramm “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.












