AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi - - Amerika rahbariyatidagi hokimiyat iyerarxiyasida prezident va vitse-prezidentdan keyin uçinçi şaxsning Hind-Tinç okeani mintaqasiga safari fonida Vaşington va Pekin örtasidagi ziddiyat tobora kuçayib bormoqda. Xitoy hukumati bir neça bor va turli kanallar orqali AQŞni Pelosining Tayvanga «xavfli» taşrifini bekor qilişga çaqirdi, deb ma’lum qildi 2 avgust, seşanba kuni Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Çunin. 

«Agar AQŞ bu notöğri yölda davom etsa, biz suverenitetimiz va hududiy yaxlitligimizni himoya qiliş uçun qat’iy çoralar köramiz», dedi u. Xitoy taşqi siyosat idorasi vakili bildirişiça, Pekin Pelosining Tayvanga taşrifiga «kuçli qarşilik» körsatmoqda va AQŞning Xitoy «provokatsiya» deb hisoblayotgan harakatlari tufayli vaziyat keskinlaşişi ehtimoli bor.

Vakillar palatasi spikerini Malayziyaga olib borgan AQŞ HHK samolyoti uşbu mamlakat poytaxti Kuala-Lumpurdan havoga kötarildi, deb xabar berdi Reuters agentligi Flightradar24 sayti ma’lumotlari va guvohlarga tayanib. Şu bilan birga, Pelosi yoki uning delegatsiyasi a’zolari samolyotda bor yoki yöqligi noma’lum, deya ta’kidlaydi Reuters. Öz navbatida, AP’ning xabar berişiça, Pelosi Malayziyaga qisqa muddatli taşrifdan söng öz delegatsiyasi bilan AQŞ HHK samolyotida uçib, bu mamlakatni tark etgan. U Tayvanga taşrif buyurişi kutilmoqda, deb yozadi agentlik ismi sir qolişni istagan amaldorga tayanib. 

Germaniyaning dpa agentligi Tayvan parlamentidagi manbalarga tayanib xabar berişiça, Pelosi Taybeyga 2 avgust kuni keçqurun kelişi kutilmoqda. Mahalliy OAVning yozişiça, u orolga mahalliy vaqt bilan soat 22:30 (Toşkent vaqti bilan 19:30)lar atrofida qönişi mumkin. 

Ayni paytda, Amerikaning törtta harbiy kemasi, jumladan, aviataşuvçi Tayvan şarqidagi suvlarda joylaştirildi, deb xabar bermoqda Reuters. AQŞ HDK Xitoyning ogohlantirişlari fonida, buni odatiy joylaştiriş deb atadi. 

Pelosining Tayvanga ehtimoliy taşrifi bilan boğliq keskinlik ortib borayotgan bir paytda, fond bozorlari ham keskinlaşmoqda. Osiyo bozorlarining asosiy indekslari geosiyosiy keskinlik kuçayişi xavotiri tufayli tuşib ketdi, deb yozadi AFP. Hongkong va Şanhay birjalari indekslari eng köp pasaydi. 

Mojaroning keskinlaşişi Germaniyaning DAX muhim birja indeksiga salbiy ta’sir körsatdi, u 2 avgust kuni ertalab 0,70 foizga tuşib, 13 385,99 punktni taşkil qildi. 

Iyul oyi oxiridan beri dunyo OAV tomonidan keng muhokama qilinayotgan Nensi Pelosining taşrifi AQŞning sönggi bir neça ön yilliklardagi eng yuqori martabali vakilining Tayvanga borişi böladi. Xitoy rahbariyati Tayvanni XXRning bir qismi deb hisoblaydi va boşqa davlatlarning Taybeydagi rasmiylar bilan aloqalariga qarşi. Öz navbatida, AQŞ status-kvoning bir tomonlama özgarişini tomonlardan heç biri qabul qilişi mumkin emasligini ta’kidlaydi va Tayvan böğozi hududida tinçlik hamda barqarorlikni saqlaş tarafdori bölib turibdi. 23 may kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden agar Xitoy Tayvanga qurolli tajovuz qilsa, unga harbiy yordam körsatişga va’da bergan edi.