Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud ishi bo‘yicha taraflarni sud majlisi haqida SMS-xabar orqali xabardor qilish yo‘lga qo‘yiladi
Joriy yil 2 avgust kuni Senat Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda “Sudlar faoliyati raqamlashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun yuzasidan qo‘mita xulosasini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Jinoiy, ma’muriy, fuqarolik va iqtisodiy sud ishlari bo‘yicha taraflarni sud majlisi haqida SMS-xabar orqali xabardor qilish protsessual asoslari belgilanmoqda, sud ishi bo‘yicha taraflar ishni sudda ko‘rishning borishi to‘g‘risida axborot tizimi orqali onlayn rejimda axborot olish huquqiga ega bo‘lmoqda.
Fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlislarida sud binosiga kelmasdan masofadan turib mobil video-konferens-aloqa rejimida ishtirok etishi protsessual asosi va tartibi belgilanmoqda.
Jinoiy sud ishlarini yuritishda, agar guvoh sud majlisida video-konferens-aloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan bo‘lsa, undan tilxat olinmasdan, qasamyodi, majburiyatlari hamda javobgarligi tushuntirilgani audio- va videoyozuv orqali qayd etilishi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatilishi nazarda tutilmoqda.
Majlis yakunida qo‘mita tegishli qarorlari qabul qilindi.
Mavzuga oid
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 16.06.2026