Davlat soliq qömitasi ma’lumotida aytilişiça, yanvar-iyun oylarida rasman 5,4 mln nafarga yaqin xodimga iş haqi hisoblangan.
Qayd etilişiça, örtaça oylik iş haqi qariyb 2,8 mln sömdan töğri kelmoqda.
Hisobot davrida örtaça iş haqi Özbekiston böyiça Toşkent şahrida eng yuqori — 4,4 million sömni, Sirdaryo viloyatida eng past — 1,99 million sömni taşkil etgan.

Bundan oldin Statistika qömitasi 2021 yil davomida Özbekistondagi örtaça oylik nominal iş haqi 2 mln 662 ming söm bölganini ma’lum qilgandi.
Statqömga köra, 2,7 mln sömni taşkil etgan örtaça oylikni hisoblaşda qişloq xöjaligi va kiçik tadbirkorlik sub’yektlari ham hisobga olingan. Bu ikki toifadagi oyliklar inobatga olinmagan holda yil boşida e’lon qilingan statistikada 2021 yildagi örtaça maoş 3,2 mln söm bölgani ma’lum qilingandi.











