Özbekiston Mudofaa vazirligi bu safar musobaqaning 20 ta yönalişida iştirok etadi. 34 ta yönalişni qamrab olgan musobaqalarda 37 ta davlatdan 275 ta jamoa özaro bellaşadi.
Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Yöldoşevning ma’lum qilişiça, mamlakat hududida ilk bor musobaqalar 5 ta yönalişi bölib ötadi.
Jizzaxdagi «Foriş» poligonida «Dala oşxonasi» va «Qurolsoz usta» musobaqalari, Samarqanddagi «Sazagan» poligonida «Xavfsiz muhit», Şarqiy harbiy okrugda «Yöl patruli» va Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurtida «Sodiq döst» musobaqasi ötkaziladi.
Mudofaa vazirligi jamoalari Rossiya hududida ötkaziladigan «Elbrus halqasi», «Avtozirxli tank-texnika ustasi», «Qöşinlar razvedkasi a’loçisi», «Tank biatloni», «Harbiy-tibbiy estafeta», «Harbiy ralli», «Muhandis formulasi» musobaqalarida, Möğulistonda «Otliq marafon», Belarusda «Işonçli qabul» va «Qutb yulduzi», Qozoğistonda «Armiya taktik öqçisi» va «Meridian», Venesuelada «Merganlik marrasi», Jazoirda «Desant vzvodi» hamda Eronda «Professional mergan» yönalişlarida iştirok etadi.












