Xalq ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, imtihon kunlari va manzili quyidagicha:

Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 5 avgust kuni soat 8:00 hamda 17:00 da Toshkent shahri, Botanika bog‘i va Paxtakor stadioni;

Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 6 avgust kuni soat 8:00 da Toshkent shahri, Botanika bog‘i va Paxtakor stadioni.

Imtihon vaqti haqida talabgorlarga 3 avgust kunidan boshlab sms-xabarnoma yuborilmoqda.

Imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi. Talabgorlar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni «Shaxsiy kabinet» orqali olish mumkin.