Qayd etilişiça, ular bazaviy hisoblaş miqdorining quyidagi miqdorlarida taqdirlanadi:

1-örin (oltin medal) uçun – 500, öqituvçisiga – 450 baravari;
2-örin (kumuş medal) uçun – 300, öqituvçisiga – 250 baravari;
3-örin (bronza medal) uçun – 200, öqituvçisiga – 150 baravari.

Şuningdek, xalqaro olimpiada ğoliblari davlat OTMga test sinovisiz va qöşimça imtihonsiz kiriş imkoniyatiga ega böladi.

Asosiy olimpiadalar respublika bosqiçi ğoliblari öqituvçilari bazaviy hisoblaş miqdori quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-örin uçun — 50 baravari;
2-örin uçun — 35 baravari;
3-örin uçun — 30 baravari.

Xalqaro olimpiadalar ğoliblarini tayyorlagan öqituvçilar va ta’lim muassasasi direktorlariga navbatdagi öquv yili uçun direktor jamğarmasidan oltin, kumuş va bronza medallari böyiça tegişinça qöşimça 200, 175 va 150 foizlik ustama tölanadi.

Ta’lim muassasalarida öqituvçi bölib faoliyat yuritayotgan:

xalqaro olimpiadalar ğoliblari lavozim maoşiga har oy 150 foiz;
asosiy olimpiadalar respublika bosqiçi ğoliblari lavozim maoşiga har oy 100 foizlik ustama haqi tölanadi. 

Oliy ta’lim muassasasini tamomlagan olimpiada ğoliblari mutaxassislarni xorijda tayyorlaş va vatandoşlar bilan muloqot qiliş böyiça «El-yurt umidi» jamğarmasi tomonidan şakllantiriladigan istiqbolli mutaxassislar zaxirasiga kiritiladi.