Yiğilişda qobiliyatni aniqlaş, öqitiş, işini yaxşi yölga qöyişga örgatadigan yaxlit tizim bölmagani uçun, ayrim rahbar kadrlar berilgan vazifalarni eplay olmayotgani körsatib ötildi. 

Ma’lum qilinişiça, ötgan 6 oyda bilim va könikmalari yetişmagani bois, 37 nafar tuman va şahar hokimlari almaştirilgan. 

Mas’ul lavozimlarda ötirgan rahbarlarni tanlaş, tayyorlaş va motivatsiya beriş yölga qöyilmagani ijrodagi oqsoqliklar asosiy sabablaridan biri bölayotgani aytildi.

Ta’kidlanişiça, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, sönggi 2 yil davomida çuqur muhokamalar asosida “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonun tayyorlandi. Yiğilişda qonun bilan belgilanayotgan yangi tizim har bir idora va hudud kesimida qanday işlaşi, bu borada turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. 

Birinçi yönaliş – davlat idoralariga işga qabul qiliş oçiq-oşkora tizimi joriy etiladi. Sörovlarda iştirok etgan 50 ming aholi 19 ming nafari (yoki 38 foizi) davlat tizimiga işga kirişda şaffoflikni oşiriş lozim, degan fikrni bildirgan.

Şu munosabat bilan yil yakunigaça:

  • barça vakant lavozimlar oçiq yagona elektron platformaga joylaştiriladi;
  • böş lavozimga tanlovda iştirok etiş uçun hozirgi kunda talab etilayotgan 16 ta hujjat söralmaydi, barça jarayonlar elektron şaklga ötkaziladi;
  • oçiq tanlov orqali nomzod bilimi, tajribasi va salohiyati aniqlanadi.