OPEK+ neft qazib oluvçi davlatlar sentabrdan boşlab neft qazib olişni kuniga 100 ming barrelga oşirişga kelişib oldi, deb xabar bermoqda Reuters 3 avgust, çorşanba kuni manbaga tayanib. 

Bloomberg suhbatdoşlariga köra, OPEK+ mamlakatlari ösişni proporsional ravişda özaro taqsimlaydi. Reuters agentligi işlab çiqariş hajmining ösişini «global talab 86 soniyasi»ni ta’minlaydigan «kiçik» ösiş va ötgan oy Saudiya Arabistoniga safari çoğida OPEK rahbarini işlab çiqarişni köpaytirişga işontirişga uringan AQŞ prezidenti Jo Baydenni «haqoratlaş» deb atadi. Şu bilan birga, kelişuv «yuqori neft narxining inflatsiya bosimidan aziyat çekayotgan iste’molçilarga biroz muhlat berişi mumkin», deb yozadi Bloomberg. 

«Biz har doim afzal körilgan narx koridori bir barrel uçun 60-80 dollar ekanligini aytib kelganmiz. Bugungi kunda narx 100 dollarni taşkil qilmoqda. Şu sababli, haddan taşqari «qizib» ketmaslik uçun işlab çiqarişni köpaytirişga töğri kelişi mumkin», dedi Qozoğiston energetika vaziri Bolat Akçulakov OPEK+ qarori oldidan jurnalistlarga. 

Iyun oyida mamlakatlar koronavirus pandemiyasi davrida neftga bölgan talabning pasayişi ta’sirini qoplaş uçun iyul va avgust oylarida neft qazib oliş kvotasi miqdorini kuniga 648 ming barrelga oşirişga kelişib oldi. OPEKning eng yirik neft qazib oluvçisi Saudiya Arabistoni dastlab bu qadamni qöyişni istamadi, ammo yakunda Ar-Riyod bozordagi tanqislikning oldini olişga rozi böldi, çunki bir qator davlatlar Ukrainadagi uruş tufayli Rossiyadan neft sotib olişdan boş tortdi, deb yozadi Financial Times. 

OPEK+ guruhiga Neft eksport qiluvçi mamlakatlar taşkiloti (OPEK)ning 13 ta a’zosi, şuningdek, 10 ta hamkor davlat, jumladan, Rossiya kiradi.