Test sinovlari kuniga ikki smenada ötkaziladi:

  • 1-smena: 07:00 dan 10:00 ga qadar;
  • 2-smena: 19:00 dan 22:00 ga qadar.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari ötkaziladigan maydonlar siğimidan kelib çiqqan holda 10 kundan 13 kungaça davom etadi va 20 avgust kuni yakunlanadi.

Test sinovida iştirok etiş uçun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni beriş 4 avgustdan boşlanadi.

Bu yil bakalavriatga 1 214 232 nafar abituriyent hujjat topşirgan. Şundan 395 023 nafari – maktabni şu yil tugatganlar.

Abituriyentlarning ta’lim şakllari böyiça taqsimoti (birinçi ta’lim yönalişiga nisbatan) quyidagiça:

  • kunduzgi ta’lim şakli — 612 530 nafar;
  • sirtqi ta’lim şakli — 565 902 nafar;
  • keçki ta’lim şakli — 27 417 nafar;
  • masofaviy ta’lim şakli — 8 383 nafar.

Qabul kvotalari esa quyidagiça