Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 10 iyul kuni Koson tumanida yaşovçi oilada maişiy janjal ortidan qotillik jinoyati sodir etilgan.
Koson tumani “Yakkasaroy” MFYda yaşovçi fuqaro turmuş örtoği bölgan ayolga uyining yonidagi yerga ekilgan tarvuz va makkajöxori dalasini qöriqlaşni buyursa-da, dalaga tez-tez çorva mollari kirib, payhon qilayotganini rökaç qilib, ayolni dalaga qaramaganlikda ayblab kelgan.
Joriy yil 10 iyul kuni erkak uyda soğligini tiklaş uçun davolanayotgan bölişiga qaramasdan yana xotinini turli rözğor işlarini bajarmaganlikda ayblab, oğzaki urişgan.
Şundan söng ayol eri uyda uxlab yotganidan foydalanib, tömtoq temir jism bilan uning boşiga urib, öta oğir tan jarohati yetkazgan. Erkak olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Qayd etilişiça, mazkur hodisa yuzasidan Koson tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Nişon tumanidagi töyda surxondaryolik mehmon tomonidan piçoqlangan kuyovjöra vafot etgandi.











