Rossiyada bir kunda 14 638 ta yangi koronavirus holati qayd etildi. Bu 6 apreldan beri eng yuqori körsatkiç bölib, bir kun avval qayd etilganidan 5 078 taga köpdir. Bir kun avval, 2 avgust kuni COVID-19'ning 9 560 ta yangi holati aniqlangan edi. Bu haqdagi xabar 3 avgust, çorşanba kuni Telegram’dagi «Stopkoronavirus.rf» kanalida e’lon qilindi.
Kovid infeksiyasi yangi holatlarining eng katta ösişi Moskvada qayd etildi (plyus 5 720, 20 fevraldan beri maksimal körsatkiç). Undan keyin - Sankt-Peterburg (plyus 1 781 ta holat) va Moskva oblasti (plyus 906 ta holat).
Kasalxonaga yotqizilganlar soni 2 038 nafarni taşkil etdi, bu 2 avgustga nisbatan 3,9 foizga köp. Ötgan sutka davomida 43 kişi COVID-19 ta’siridan vafot etdi.
Yozda COVID-19 bilan kasallaniş xavfi ortdi. Buning sababi «omikron» ştammi yangi subvariantlarining tarqalişidir.












