Aleksey Navalniyning safdoşlari Vladimir Putinning sobiq xotini Lyudmila haqida film çiqardi. 44 daqiqalik video muxolifatçi siyosatçining YouTube-kanalida 4 avgust, payşanba kuni joylaştirildi. Filmning katta qismi Rossiya prezidenti sobiq xotinining daromad manbalariga bağişlangan bölib, mualliflar fikriga köra, ulardan asosiysi unga şahar hokimiyat organlari tomonidan berilgan Moskva markazidagi tarixiy uy.
Suriştiruv ötkazganlarning ma’lumotiga köra, 2000-yillarda Lyudmila Putina özi uçun maxsus taşkil etilgan «Rus tilini rivojlantiriş markazi»ni boşqargan. Moskva meriyasi va prezident işlarini boşqariş bölimi unga 1774 yilda Kreml yaqinidagi Vozdvijyenka köçasida qurilgan uy va poytaxt markazidagi yer uçastkasini ötkazib bergan. Uy qayta ta’mirlandi, ikki qavatli qilib qurildi va «Şaxslararo aloqalarni rivojlantiriş markazi» deb nomlandi.
Hozirda uni Lyudmila Putinaning yangi eri Artur Oçeretniy boşqaradi, uning familiyasini Rossiya prezidenti sobiq xotini 2015 yilda olgan. Artur Oçeretniy 10 milliard rubllik binoni rafiqasiga tegişli «Meridian» kompaniyasiga ijaraga beradi, u esa uni «Sberbank», VTB va boşqa tijorat loyihalariga subijaraga topşiradi. Navalniyning safdoşlari hisob-kitobiga köra, Lyudmila Oçeretnaya ijaradan yiliga 250 mln rubldan ortiq daromad oladi.
Film mualliflariga köra, «Şaxslararo aloqalarni rivojlantiriş markazi» Moskva meriyasi, «Gazprombank» va «Severstal»dan ham mablağ oladi, bu yiliga 415 mln rublga yaqin daromad keltiradi, ularni Artur Oçeretniy kompaniyasi «Meridian»ga qarz beradi. Bu pulga Artur Oçeretniy Fransiya, Şveytsariya va Ispaniya janubida kvartira hamda uylar sotib oladi. Suriştiruvçilar xorijdagi köçmas mulkning umumiy qiymatini deyarli 600 mln rublga baholamoqda. Ularning ma’lumotiga köra, Oçeretniylar, xususan, Fransiyaning Biarritsa şahrida villaga, Şveytsariyaning Davos şahrida kvartiraga va Ispaniyaning Malaga şahrida ikkita kvartiraga egalik qiladi.
Lyudmila va Artur Oçeretniy YeI sanksiyalar röyxatiga kiritilmagan, deya ta’kidlaydi Navalniyning safdoşlari. Buyuk Britaniya may oyida Lyudmila Oçeretnayaga qarşi sanksiyalar kiritdi.












