Saudiya Arabistoni va BAA qişda jahon bozoriga neft yetkaziş borasida inqiroz kuçaygan taqdirdagina neft qazib olişni köpaytirişi mumkin. Bu haqda öz manbalariga tayanib Reuters xabar berdi.
«Bu yil qişda Yevropada gaz bölmasligi, Rossiya nefti narxiga esa çeklov qöyilişi mumkin. Hozir har bir barrel neftni bozorga çiqara olmaymiz», — degan agentlik suhbatdoşlaridan biri.
Reuters suhbatdoşlarining sözlariga köra, Saudiya Arabistoni, BAA va OPeKning boşqa a’zolari sutkasiga 2-2,7 mln barrel zaxira işlab çiqariş quvvatiga ega. Ammo ular bu quvvatlarni inqiroz çözilgan taqdirdagina işga solişga tayyor, degan manbalardan biri.
3 avgust kuni OPeK+ mamlakatlari sentabrda neft qazib oliş kvotasini sutkasiga 100 ming barrelga oşirişga kelişib olişdi.
Rapidan Energy Group konsalting kompaniyasi prezidenti Bob Maknellining sözlariga köra, bozorga sutkasiga 100 ming barrel neft qöşilişi judayam ozdir. Alyans iyul va avgustda neft qazib olişni sutkasiga 600 ming barrelga oşirgandi.
Avvalroq AQŞ prezidenti Jo Bayden OPeK taşkilotini neft qazib olişni köpaytirişga çaqirgan, biroq Saudiya Arabistoni va uning hamkorlari buni amalga oşirmagandi.












