Estoniyada sovet yodgorliklarini demontaj qiliş böyiça komissiya tarkibi uning a’zolari xavfsizligini ta’minlaş maqsadida maxfiylaştirildi. Muxolif siyosatçilar va jurnalistlar komissiya işi imkon qadar oçiq bölişi kerak, deb hisoblaydi. 

Estoniyada sovet davri yodgorliklarini yöq qiliş böyiça mamlakat Davlat kanselyariyasi qoşida tuzilgan işçi guruhi tarkibi maxfiylaştirildi. Ma’lum bölişiça, komissiya tarkibiga «turli vazirlik va idoralar vakillari» kiradi, unga avvalroq davlat mudofaa investitsiya markazida işlagan Asko Kivinuk rahbarlik qiladi. Bu haqda 5 avgust kuni ERR Estoniya davlat teleradiokompaniyasi portali xabar berdi.

Davlat kanselyariyasi jurnalistlarga komissiya haftada bir marta yiğiliş ötkazayotganini va keyingi haftada sovet yodgorliklarini demontaj qiliş rejalari huquqiy tahlilini taqdim etişini aytdi. 

«Vazirlar Mahkamasi a’zolari komissiyada nimalar muhokama qilinayotganidan xabardor, biz uning materiallari bilan ikki marta tanişib çiqdik, – dedi davlat boşqaruvi vaziri Riyna Solman. – Maxfiylik masalasiga kelsak, Narvada nima bölganiga e’tibor qarating, u yerda sovet gaubitsasini demontaj qilişga yordam bergan ekskavator yoqib yuborildi, şuning uçun maxfiylik maqomi töğri. Komissiya a’zolari tahdid va xavf-xatarlarga duç kelişi mumkin, şuning uçun Estoniya davlati ularni himoya qilişi va tinç işlaşga imkoniyat yaratib berişi kerak».

Solman yaqin kunlarda komissiya sovet yodgorliklarini demontaj qiliş böyiça harakatlar rejasini taqdim etişiga umid bildirdi, şundan söng hukumat u haqda jamoatçilikni «xabardor qiladi».

Estoniya parlamentining muxolifatdagi Konservativ xalq partiyasidan deputat, tarixçi Yaak Valge komissiya tarkibi maxfiylaştirilganini «kulgili» deb atadi. U «kimdir Stalin yoki Putin qasos olişidan qörqayotgandek taassurot qoldiradi. Agar komissiya a’zolaridan biri anonim qolişni istasa, bunday odamlar işdan voz keçişi yaxşi bölardi. Gap Estoniya uçun öta muhim ahamiyatga ega bölgan masalalar haqida ketmoqda, ular oçiq muhokama qilinişi kerak», deya hisoblaydi Valge.

Estoniyaning Delfi va Eesti Päevaleht axborot portallari boş muharriri Urmo Soonvald ham uning fikriga qöşildi. «Hozirgi şaroitda bu komissiya imkon qadar şaffof bölişi talab etiladi - jamoatçilik komissiyada kimlar borligi, nimani muhokama qilayotgani, qanday mezonlar böyiça qarorlar qabul qilinişi, qaçon amalga oşirilişini bilişi kerak. Bu qarorlar katta ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega böladi, hozirgi mavjud maxfiylik esa qaysidir pallada bu qarorlarga qarşi işlay boşlaydi», dedi u.