4 avgust kuni Ozarboyjon Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elçixonasiga bir guruh namoyişçilar tomonidan hujum uyuştirildi.

Bu haqda xabar olgan mahalliy politsiya soat 16:30 atrofida voqea joyiga yetib borgan. Jabrlanuvçilar yöqligi, 8 kişi qölga olingani aytilmoqda. Ular elçixona binosiga noqonuniy tarzda kiriş va binoga zarar yetkazişda ayblanyapti.

Ingliz OAVga köra, hujumni “Mahdiy xizmatçilari uyuşmasi” nomli şialarning radikal guruhi a’zolari uyuştirgan. Internetda tarqalgan videolarda ular elçixona ayvonida diniy bayroqlarni silkitayotgani, arab tilidagi şiorlar yozilgan plakatlar kötargani va Ozarboyjon bayroğini yirtib taşlayotgani körinadi.

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi hujumni qat’iy qoralab bayonot çiqardi.

“Diplomatik vakolatxonalar xodimlarining hayoti va salomatligiga tahdid soladigan har qanday xatti-harakatlarni mutlaqo qabul qilib bölmaydi, deb hisoblaymiz.

Hodisani har tomonlama tekşiriş va barça aloqadorlarni javobgarlikka tortişga çaqiramiz.

Özbekiston tomoni qardoş Ozarboyjonni xorijdagi fuqarolarining xavfsizligi va himoyasini ta’minlaşda qöllab-quvvatlaşini bildiradi”, – deyiladi TIV bayonida.