Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdöğan Soçida muzokara ötkazdi.

Uçraşuv avvalida Rossiya rahbari "Turk oqimi" gaz quvurini Yevropani Rossiya gazi bilan ta’minlaşning muhim arteriyalaridan biri deb atadi va mintaqadagi mamlakatlar buning uçun Anqaraga minnatdorlik bildirişi kerakligini aytdi.

"Turk oqimi" boşqa barça yönalişlardan farqli ravişda töxtovsiz, heç qanday uzilişlarsiz işlayapti", — dedi Putin.

Bundan taşqari, Putin Ukrainadan ğalla olib çiqiş masalasini hal qilgani uçun Erdöğanga minnatdorlik bildirdi. 

Öz navbatida, Turkiya prezidenti ikki mamlakat munosabatlarida yangi sahifa oçilişiga işonç bildirdi.

"Muzokaralarimiz ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarda yangi sahifa oçişiga işonaman. Bunga energetik hamkorlik, ğalla eksporti, turizm, mintaqaviy masalalarni kiritaman", - dedi u. 

Uçraşuv Soçidagi "Rus" sanatoriysi hududida bölib ötdi. Ikki mamlakat rahbarlari Rossiya-Turkiya hamkorligi, Suriya va boşqa masalalarni muhokama qildi.