Professional boksning super örta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga çiquvçi özbekistonlik boksçi Bektemir Meliqöziyev (10-1, 8 KO) Toşkent vaqti bilan 7 avgust tongida AQŞda özining navbatdagi jangini ötkazdi.

Texas ştatida bölib ötgan jangda özbekistonlik boksçiga bosniyalik Sladan Yanyanin (32-12, 24 KO) raqiblik qildi. Ön raundga möljallangan jangning dastlabki raundida Bektemir Meliqöziyev tana qismiga berilgan kuçli zarbasi bilan raqibini nokdaun holatiga tuşirdi.

Keyingi raundlarda ham Meliqöziyev töla ustunlik körsatib, ketma-ket zarbalari bilan raqibni passiv himoyalanişga majbur qildi.

Uçinçi raund oxirida esa referi Bektemirning ketma-ket zarbalaridan keyin jangni töxtatdi va texnik nokaut qayd etdi.

Şu tariqa Meliqöziyev professional boksdagi 10-ğalabasini qölga kiritdi.