Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin uni sentabrda Özbekistonda bölib ötadigan ŞHT sammitiga taklif qilganini aytdi.

"Sentyabrda "Şanxay beşligi" Özbekistonda yiğiladi. Soçidagi uçraşuvimiz çoğida janob Putin imkoniyat bölsa yiğilişga borişimizni söradi. Biz dedik: keling, "Şanhay beşligi"ga a’zo, kuzatuvçi yoki muloqot böyiça hamkor sifatidagi iştirokçilar bilan birga bölamiz. Masalan, Xitoy keladi, narigi tarafdan Saudiya Arabistoni, Qatar keladi. Biz u yerda bölişga harakat qilamiz. Agar biror kutilmagan voqea sodir bölmasa, men ham öşa yerda bölişga umid qilaman", - dedi Erdöğan. 

5 avgust kuni Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdöğan Soçida muzokara ötkazdi. 

ŞHT sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bölib ötadi. 

ŞHTga 2001 yilda asos solingan. Unda Özbekiston, Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston, Pokiston, Rossiya, Xitoy va Hindiston iştirok etadi. Afğoniston, Belarus, Eron va Möğuliston kuzatuvçi mamlakatlar, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Şri-Lanka hamkor mamlakatlar hisoblanadi.  

2021 yil sentabrda Duşanbeda bölib ötgan ŞHT sammitida Eronni taşkilotga qabul qiliş va Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga muloqot böyiça hamkor maqomini beriş jarayoni boşlangan. Joriy yilda Belarus ŞHTga tölaqonli a’zo böliş uçun ariza berdi.