Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Vladimir Putinga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Turkiyada uçraşişni taklif qilganini aytdi. Bu haqda TRT Haber telekanali xabar berdi.

«Men janob Putinga biz uning janob Zelenskiy bilan uçraşuvini taşkil etişimiz mumkinligini yana bir bor eslatdim. Biz mintaqaviy va global tinçlikka hissa qöşiş uçun Rossiya, Qora dengizdagi qöşnimiz bilan barça sohalardagi muloqotimizni davom ettiramiz», — dedi Erdöğan. 

Turkiya prezidenti ğalla eksporti böyiça kelişuv tuzilişini Moskva va Anqara muloqotining ijobiy natijasi namunasi deb atadi.

«Hozirda reja kerakli tarzda amalga oşirilişi va ijobiy muhit Istanbuldagi muzokaralarga qaytiş böyiça aniq qadamlarga aylanişi muhim hisoblanadi. Men boşidanoq Ukrainadagi nizoda ğoliblar bölmasligini ta’kidlaganman. Ayrim qiyinçiliklarga qaramasdan, inqiroz muzokaralar stolida hal bölişiga qat’iy işonaman», — deb ta’kidladi u. 

5 avgust kuni Soçida Putin va Erdöğan uçraşuvi bölib ötdi. Uçraşuv natijalariga köra, ikki davlat rahbarlari qöşma bayonot qabul qildi. Ular özaro savdo hajmini oşiriş, transport, savdo, iqtisodiyot, energetika, qişloq xöjaligi, sanoat, moliya, turizm va quriliş sohalarida hamkorlikni kuçaytirişga kelişib oldi. Xususan, Rossiya va Turkiya Anqara Rossiya gazi uçun tölovni rublda amalga oşirişni boşlaşiga kelişişdi.