Kuz-qiş mavsumida IESlarimizda qöşimça quvvat paydo böladi. Beşta yangi hamkor bilan işga tuşirilgan IESlarimiz bor. Şundan uçtasi Toşkent viloyatida, bittasi Buxoroda, yana biri Xorazmda. Ötgan yili biz ularni deyarli işlatmadik. Xudo xohlasa, kelayotgan kuz-qiş mavsumida ularning foydasini haqiqatda sezamiz.
– Iste’molçiga me’yoridan ortiq yoki kam kuçlanişda elektr energiyasi berilişi yoki tez-tez uzilişlar natijasida aholining uskunalari kuysa, sud orqali zararni qoplatiş imkoniyati mavjudmi? Iste’molçiga zarar qoplab beriladimi?
– Bunday imkoniyat mavjud. Elektr energiyasidan foydalaniş qoidalarida, undan taşqari, bir neça qonunda iste’molçilar huquqlari aniq körsatib berilgan. Elektr ta’minotidagi muammolar tufayli qandaydir qurilmalar işdan çiqqanda yoki iste’molçi boşqa körinişda zarar körganda, bu haqda sud idoralariga murojaat qilişi mumkin.
Iste’molçi zarar körişiga elektr tarmoqlari korxonasi sabab bölganini sudda isbotlab bergan taqdirda sud qaroriga asosan unga kompensatsiya tölab beriladi. Ayni paytda qölimda bunday işlarga doir statistik raqamlar yöq, lekin iste’molçilar bilan katta-katta sud jarayonlari bölib ötganidan xabarim bor. Ayrim holatlarda sud iste’molçi foydasiga, ayrim holatlarda esa hududiy elektr tarmoqlari korxonasi foydasiga qaror çiqarganiga guvoh bölganman.
«Past kuçlanişli tarmoqlarimizda yöqotişlar kölami ança yuqori» – vazir örinbosari bilan suhbat
Qaysi holatlarda iste’molçi haq deb topiladi va unga tovon puli tölab beriladi? Iste’molçiga elektr tarmoğiga ulaniş böyiça texnik şartlar beriladi. Ba’zida ular texnik şartlarni bajarmasligi, mutaxassislarimiz tomonidan körsatib ötilgan çora-tadbirlarni töliq bajarmasligi kuzatiladi. Şuning oqibatida qandaydir zarar körsa, elektr ta’minoti korxonasi aybdor deb topilmaydi. Lekin texnik şartlarni töliq bajargan bölsa, ayb ta’minotçi korxonada böladi.
– Iste’molçilarga elektr energiyasi 220 V kuçlanişda emas, undan pastroq, masalan, 160-180 V kuçlanişda yetkazib berilayotgani, buning natijasida qurilmalar işlamayotgani haqida köplab şikoyatlar bor. Aholini past kuçlanişli elektr energiyasi bilan ta’minlab, “tok bormi, bor”, qabilida iş tutişga sabab nima bölmoqda?
– Transformator yoki kabel tarmoği zöriqib işlayotganda kuçlaniş tuşib ketadi. Qaysidir stansiyadan elektr energiyasi kamroq işlab çiqarilgani kuçlaniş tuşib ketişiga sabab bölmaydi. Boşqa til bilan aytganda, biz pasaytiriş evaziga elektrni aholiga kam kuçlanişda bölsayam tarqatib berdik degan prinsip bu yerda işlamaydi. Bu fizika qonunlariga zid.












