Nuriddin Xoliqnazarov ilm oliş yölidan ketayotgan yaxşi niyatdagi yoşlarning barçasi savob olişi haqida gapirdi.

“Ilm haqidagi barça hadislar va oyatlarni köpçilik faqat diniy ilmga taalluqli, bundan boşqasiga savob bölmaydi desa, juda katta xato fikr bildiradi. Payğambarimiz (s.a.v.)ning hadislarida diniy ilm haqida gapirilsa, alohida ta’kidlanadi. Ammo umumiy ma’noda ilm oliş, talabalarga beriladigan savob haqida söz ketsa, bu har ilmni öz içiga oladi. Şuning uçun abituriyentlarimiz imtihon arafasida turar ekan, ular Allohning bir buyruğini, ya’ni ilm oliş buyruğini bajarişga kirişyaptilar.

Ilm foydali va foydasiz böladi. Şunday ilmlar borki, insonga manfaat keltirmaydi. Ammo dunyo-yu oxiratda insonlarning saodati uçun xizmat qiladigan ilm oliş savob böladi”.

ÖzMI raisi yaqinlaşib kelayotgan imtihonlarda his-hayajonni qanday yengiş mumkinligi haqida töxtaldi.

“Albatta, hayajon böladi, agar hayajon bölmaydi desak, bu inson xilqatiga töğri kelmay qolişi mumkin. Şunça yil xizmat qilgan bölsak-da, özimiz ham har juma ayyomida masjidlarda minbarga çiqqanimizda hayajonlanamiz. Çunki bu ham bir imtihon-da.

Biz talabalarimizga hayajonni yengib ötişni, bosa bilişni örgatişimiz kerak. Aytadigan bir tavsiyamiz, bir maslahatimiz bor, ya’ni imtihondan bir kun oldin tayyorlanişni töxtatiş kerak. Hamma narsani töxtatib, özini qölga olib, “bu dunyoviy bir imtihon, agar ötolmay qolsam, qiyomatmaski hamma narsa tugasa”, – deyiş kerak.

Alloh qiyomatdagi imtihonimizni yengil qilsin. Eng katta imtihonimiz – qiyomatdagisidir. Mana bu imtihon juda oğir keçadi, unda qayta topşiriş yöq.

Lekin dunyoviy imtihonlarda bu safar bölmasa, keyingilariga imkoniyat bor”.

Muftiy imtihonlar oldidan duo qilib ijobiy natija söraş böyiça öz tavsiyalarini berdi.

“Barça abituriyentlarimiz bir narsani bilişi kerak, köpçilik duoni sehr sözi bilan almaştirib qöyadi. Duo öqildimi, böldi imtihondan ötdim deb hisoblaş kerak emas. Hamma narsa Alloh taoloning inoyati bilan böladi. Siz şunçaki imtihonga yaxşilab tayyorlaning va duoni qilib, Allohga tavakkal qiling.

Hozir mana ijtimoiy tarmoqlarda arab tilidagi turli xil duolar tarqalmoqda. Mana şu duolarni yoşlarimiz yozib olib, bilib-bilmagan holda uning talaffuzlarida qiynalib, xato öqib qöyişyapti. Aziz bolajonlarimiz, qizlarimiz – barça abituriyentlarimizga şu narsani aytamanki, Alloh dunyoda neça xil til bölsa, ularning hammasini özi yaratgan, ularning hammasini özi tuşunadi.