16:49 / 08.08.2022
8513

O‘zbekistonda Mobile ID tizimi sinov tartibida ishga tushirildi

«Elektron hukumat» tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli – Mobile ID (mobil telefon orqali) sinov tartibida ishga tushdi.

«Yagona portal» xabariga ko‘ra, endi ushbu modul yordamida fuqarolar doimo yonida olib yuruvchi mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviydan tashqari) elektron raqamli imzosiz foydalanishi mumkin.

Faqat buning uchun smartfonga my.gov.uz mobil ilovasi yuklab olingan bo‘lishi kerak.

Fuqaroning YaIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar uning xohishiga ko‘ra va belgilangan to‘lovlar asosida Mobile ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.

Mavzuga oid
Top