Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vaziri Erkinbek Osoyev Xitoy temiryo‘l qurilish korporatsiyasining katta muhandis Geng Jun boshchiligidagi Birinchi loyiha-qidiruv instituti vakillari bilan uchrashdi, deb yozadi 24.kg.

Nashrning yozishicha, uchrashuv chog‘ida tomonlar temiryo‘l qurilishida hamkorlikni kuchaytirish zarurligini qayd etgan. Xususan, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. 

Temiryo‘l qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuv mavjud. 

«Qirg‘iziston rahbariyati loyihani tezroq amalga oshirishni maqsad qilgan. XXR loyiha institutidan 80 nafar mutaxassis Qirg‘izistonga yetib keldi va hozirda texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlamoqda», — deyiladi xabarda.