«Toşşahartransxizmat» xabariga köra, 23-sonli «Farhod bozori - Çorsu metrosi» yangi avtobus yönalişi taşkil etilmoqda.
Yönaliş harakati töğri yönalişda «Farhod bozori» bekatidan Lutfiy, Muqimiy, Nurafşon, Beruniy, Saqiçmon, Zarqaynar köçalari orqali «Çorsu metrosi» AŞBga qadar, qaytiş yönalişida «Çorsu metrosi» AŞBdan Zarqaynar, A.Navoiy, Beruniy, Nurafşon, Lutfiy köçalari orqali «Farhod bozori» bekatiga qadar soat 5:30 dan 22:30 gaça harakatlanişi belgilangan.
Mazkur yönalişda xizmat körsatiş huquqi vaqtinçalik navbatdagi tenderga qadar jamiyatning «7-Avtobus saroyi» filialiga biriktirildi. Yönalişdagi jadvallar soni «Isuzu» rusumli avtobuslar asosida iş kunlari 5 ta, şanba va yakşanba kunlari 4 ta etib belgilangan.
104-sonli «12-metro bekati - 4-metro bekati» yangi avtobus yönalişi taşkil etilmoqda.
Yönaliş harakati töğri yönalişda «12-metro bekati»dan Xonabod, Jaloir, Nilufar, Yoqubov, Qipçoq, Sergeli yöli, Lutfkor, Mirzo Tursunzoda köçalari orqali «4-metro bekati»dan Mirzo Tursunzoda, Lutfkor, Yangi Sergeli yöli, Qipçoq, Yoqubov, Nilufar, Jaloir, Xonabod köçalari orqali «12-metro bekati»ga qadar soat 6:00 dan 21:00 gaça harakatlanişi belgilangan.
Mazkur yönalişda xizmat körsatiş huquqi vaqtinçalik navbatdagi tenderga qadar jamiyatning «12-Avtobus saroyi» filialiga biriktirildi. Yönalişdagi jadvallar soni «Isuzu» rusumli avtobuslar asosida iş va şanba kunlari 3 ta, yakşanba kunlari 2 ta etib belgilangan.
151-sonli «Yangi Özbekiston boği - Buyuk Ipak yöli metrosi» yangi avtobus yönalişi taşkil etilmoqda.
Yönaliş harakati töğri yönalişda «Yangi Özbekiston boği»dan Öqituvçi, Milliy boğ, Binokor, T.Malik, Dörmon yöli, M.Uluğbek şoh köçalari orqali «Buyuk Ipak yöli metrosi»ga qadar, qaytiş yönalişida «Buyuk Ipak yöli metrosi»dan M.Uluğbek şohköçasi, Dörmon yöli, T.Malik, Binokor, Milliy boğ, Öqituvçi köçalari orqali «Yangi Özbekiston boği»ga qadar soat 6:00 dan 21:00 gaça harakatlanişi belgilangan.
Mazkur yönalişda xizmat körsatiş huquqi vaqtinçalik navbatdagi tenderga qadar jamiyatning «5-Avtobus saroyi» filialiga biriktirildi. Yönalişdagi jadvallar soni «Isuzu» rusumli avtobuslar asosida iş kunlari 6 ta, şanba kunlari 5 ta, yakşanba kunlariga 4 ta etib belgilangan.
«5-Avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 110-sonli «Qipçoq dehqon bozori -TTZ AŞB» avtobus yönalişi harakati H.Bayqaro köçasidan Bektemir yöli, 4R21 Toşkent aylanma yöllari orqali «Fud citi savdo majmuasi»gaça ikki taraflama taşkil etilgan, yönaliş nomi 110-sonli «Fud citi savdo majmuasi - TTZ AŞB» avtobus yönalişi deb nomlangan.
















