Kun.uz 7 avgust kuni Toşkent şahri Çilonzor tumani Çilonzor köçasini kengaytiriş-ta’mirlaş işlari davomida yöl böyidagi köp yillik daraxtlarning ildizlari kesib taşlanayotgani haqida reportaj e’lon qilgandi.

Yöl kengaytiriş davomida jami 101 tup daraxtga, şu jumladan, 92 tup eman, 1 tup çinor, 5 tup tut, 2 tup arça va 1 tup mevali behi daraxti ildizlari şikastlantirilgan. Bunda diametri 45–98 smgaça bölgan jami 9 tup emanning ildiz qismiga jiddiy şikast yetkazilgan.

Mutaxassislar fikriga köra, bu daraxtlarning omon qolişiga töla kafolat berib bölmaydi.

Reportaj e’lon qilinarkan, holat jamoatçilikning keng e’tirozlariga sabab böldi.

Bu haqda gapirgan eko-faollar holatni unga yöl qöygan mas’ullarning farosatsizligi, şuningdek, amaldagi qonunlar, xalq, jamoatçilik va tabiatga tupurib qöyiş, sabotaj deya baholaşdi.

Xöş, mas’ullar ötgan 1 kun davomida noroziliklardan qay darajada xulosa çiqarişdi? Quriliş-ta’mirlaş loyihasida nima özgardi? Ildizlariga şikast yetkazilgan köp yillik daraxtlar taqdiri endi nima böladi?

Kun.uz muxbiri şu kabi savollarga javob topiş uçun yana voqea joyida böldi.

Çilonzor köçasiga kirib borarkanmiz, e’tiborimizni tortgan ilk holat yöl çetidagi ildizlari çopib taşlangan emanlar parvarişi böyiça va’da qilingan işlarning boşlab yuborilgani böldi.

Ildiz qismi oçilib qolgan yoki kesilgan emanlar tagiga sof sariq tuproq, gumus va qum tökilgan. “Özyölkökalamzorlaştiriş” unitar korxonasi işçilari esa maşinada suv keltirib daraxtlarni suğorib çiqişmoqda.

 

Biz boşlangan işlar haqida şu yerdagi jarayonlarga rahbarlik qilib turgan Çilonzor tuman hokimligi quriliş bölimi mutaxassisi Jörabek Murodovdan ma’lumot söradik.