Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda MIB xodimini urib tan jarohati yetkazgan fuqaro ozodlikdan mahrum etildi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatgan fuqaro olti oy ozodlikdan mahrum qilingan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 28 oktyabr kuni MIB Chiroqchi tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari va 3 nafar davlat ijrochilari fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining ijro varaqasiga asosan da’vogar A.Cho‘lliyevning foydasiga 113 million 330 ming so‘m qarzdorlikni undirish maqsadida javobgar A.Mardonovning yashash uyiga borishgan.
Qarzdorlikni undirish maqsadida uning hovlisida turgan bir bosh otni xatlamoqchi bo‘lishganida, qarzdor A.Mardonovning akasi J.Mardonov xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatgan. Ularni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, avval davlat ijrochisi M.Xurramovni, so‘ng ularni ajratish maqsadida kelgan davlat ijrochisi U.Xidirovni urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi sudga yuborilgan.
2022 yilning 14 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudida sudlanuvchi J.Mardonov Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
19:37 / 04.06.2026