Latviya yana Rossiyadan gaz olmoqda – bu haqda 8 avgust, duşanba kuni Latviyaning Conexus Baltic Grid tabiiy gazini taşiş va saqlaş operatori ma’lumotlariga tayanib, RBK yozmoqda. Xabar berilişiça, RFdan gaz mamlakatga Estoniyada joylaşgan «Luhamaa» gaz ölçaş stansiyasi orqali kiradi.
Latviya aprel oyi boşida Moskvaning rus gazi uçun rublda tölaş böyiça talablarini bajarmaslikka qaror qilib, Rossiya gazidan boş tortgan edi. Biroq, iyun oyida Latviya gaz uzatiş tizimining asosiy operatori Latvijas gāze xaridlarni qayta boşladi. Şu bilan birga, Latvijas gāze xomaşyo töğridan töğri «Gazprom»dan sotib olinmasligini, bitimlar yevroda amalga oşirilayotganini ta’kidladi.
Iyul oyi oxirida Rossiyaning «Gazprom» davlat korporatsiyasi «gazni tortib oliş şartlarini buzgani uçun» Latviyaga gaz yetkazib berişni töxtatdi. «Gazprom» qanday qoidabuzarliklar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmadi.
14 iyul kuni Latviya Seymi 2023 yil 1 yanvardan boşlab Rossiyadan tabiiy gaz yetkazib berişni butunlay taqiqlaş töğrisida qaror qabul qildi. 2021 yilda Riga uşbu xomaşyoning qariyb 90 foizini RFdan sotib oldi.
Moskva talabiga köra, 1 apreldan boşlab Rossiya hukumati Yevropa ittifoqiga a’zo bölgan ayrim davlatlarni «döst bölmagan mamlakatlar» röyxatiga kiritdi, ular şartnomadagi valuta (yevro va dollar)ni majburiy konvertatsiya qiliş şarti bilan «Gazprombank» orqali gaz yetkazib beriş uçun hisob-kitoblarni rublga ötkazgan holda amalga oşirişi kerak, aks holda gaz eksporti töxtatiladi. Polşa, Bolgariya, Finlandiya va Niderlandiya allaqaçon uşbu şartlarni bajarişdan boş tortdi.












