O‘rdatepa yodgorligi bir qismi buzib tashlanib, o‘rniga uy qurib olingani aniqlandi
Prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan o‘rta asrlarga oid noyob madaniy meros obekti buzilib, o‘rniga uy-joy qurib yuborilgani aniqlandi.

Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani Navkent mahallasida joylashgan O‘rdatepa arxeologiya yodgorligi 0,03 gektar qismi fuqaro J.U. tomonidan hamda 0,02 gektar qismi fuqaro A.Yu. tomonidan maxsus texnika yordamida buzib tashlangan.
Xabarda qayd etilishicha, arxeologiya yodgorligining buzib tashlangan qismi o‘rniga o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurilgan.
Oqibatda, tarixiy yodgorlikka qariyb 72 mlrd so‘mlik jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi.
Tekshirish natijasiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan oldin Namanganning Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Gaistontepa arxeologiya yodgorligi joylashgan joy noqonuniy ravishda fuqarolarga dalahovli qurish uchun ajratilgani, 80 mlrd so‘m jiddiy zarar yetkazilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

14:31 / 04.06.2024
O‘zbekistonda monumental yodgorliklarni o‘rnatish tartibi o‘zgartirildi

07:46 / 09.05.2024
Berlinda sovet yodgorliklari yonida Rossiya ramzlari taqiqlandi

11:34 / 01.05.2024
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi

07:40 / 24.04.2024