Prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan Madaniy meros agentligi mutaxassislari iştirokida örganişlar ötkazildi. Bu haqda Boş prokuratura xabar bermoqda.

Unda, Namangan viloyati Yangiqörğon tumani mas’ul mansabdor şaxslari tomonidan madaniy meros obekti uy-joy quriş uçun noqonuniy berib yuborilişi oqibatida unga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi.

Madaniy meros yodgorligi hisoblangan Yangiqörğon tumani Gaiston mahallasida joylaşgan “Gaistontepa” arxeologiya yodgorligiga oid hujjatlar tuman kadastr va quriliş bölimi boşliqlari tomonidan qonunçilik talablariga zid ravişda yer uçastkalarini beriş masalasini körib çiquvçi komissiyaga taqdim etilib, obekt noqonuniy ravişda fuqarolarga dalahovli quriş uçun ajratilgan.

Oqibatda, “Gaistontepa” arxeologiya yodgorligi 2020-2021 yillar davomida fuqaro Z.M. tomonidan buzib taşlanib, örniga uy-joy qurilgani natijasida tarixiy obektga 80 mlrd söm jiddiy zarar yetkazilgan.

Tekşiriş natijasiga köra, jinoyat işi qözğatilgan.

Mahkama xabarida aytilişiça, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.