BMT Boş assambleyasining 77-sessiyasida Rossiya delegatsiyasiga prezident Vladimir Putin örniga taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov boşçilik qiladi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Putin şuningdek, sessiyada çiqiş qilişni ham rad etgan. Rossiya prezidenti oxirgi marta 2020 yil sentabrda BMT Boş assambleyasining 75-sessiyasida çiqiş qilgandi.
Rossiya delegatsiyasi tarkibidan Sergey Lavrovdan taşqari, uning örinbosari Sergey Verşinin, davlat dumasi va federatsiya kengaşi vakillari Leonid Slutskiy va Grigoriy Karasin hamda Rossiya taşqi işlar vazirligi departamentlari direktorlari örin oladi.
BMT Boş assambleyasining 77-sessiyasi 13 sentabr kuni oçiladi va 27 sentabrgaça davom etadi. Sessiyada 20 sentabr kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden va 21 sentabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy çiqiş qilişi közda tutilgan.












