Jurnalistlar juda köp qalamga olgan «mardikorlar bozori» ham xuddi şunday, har lahzada «yonğin» kelib çiqiş xavfi mavjud bölgan hudud ekanligini bu yerga borgan inson juda yaxşi biladi. Bu maskanda jamiyat qoidalaridan köra, köproq bozor, töğriroği, ibtidoiy qoidalar işlaydi. Kim kuçli, kimning ovozi baland bölsa — öşa ğolib böladi va bozorni öz qöliga oladi. Bir qaraganda adolatli, ammo bir qarasang, nohaqlikning eng çöqqisi yaşnaydigan bu jamiyatda yaşab qolişning özi oson emas.

Bu haqda qariyb har yili maqolalar beriladi. Xalqaro tajribalardan kelib çiqqan holda jiddiy takliflar bildiriladi. Ötgan yillar davomida birmunça özgarişlar kuzatilgan bölsa-da, ammo mardikor bozorlarida iş tartibi, odam yollaş va işlayotganlarning mehnat huquqlari hamon öşa-öşa.

Samarqand tumanida joylaşgan mardikor bozorida yuzaga kelgan tortişuv va uning natijasida ikki nafar ayolning kaltaklangani haqida köpçilik eşitdi. Voqea tafsilotlariga töxtalib ötmoqçi emasmiz. Heç qanday sabab voqeaning bunday tus olişiga izn bermaydi. Afsuski, ibtidoiy qoidalar bilan yaşaydigan uşbu «bozor»da janjallar ham şu yöl bilan hal etib qöya qolinganini köpçilik tuşunib turibdi.

Kaltaklangan ayollar bilan boğliq tafsilotlar orasida ularning asli pastdarğomlik, ayni paytda Samarqand şahridagi Kimyogarlar qörğonida istiqomat qilişi aytilgan. Afsuski, voqea ijtimoiy tarmoqlarni «portlatgan» bir paytda ham na Samarqand şahar va na Past Darğom tuman oila va xotin-qizlar bölimining xotin-qizlar bilan işlovçi mutasaddilari holatga munosabat bildira oldi.

Viloyat oila va xotin-qizlar boşqarmasi rahbari Zebiniso Rahmonova bu haqda öz fikrini aytib, ayollarning kaltaklanişiga qarşi ekanligini ma’lum qildi. Ammo nega ayollar bilan töğridan töğri işlaşi lozim bölgan tuman, şahar mutasaddilari ular bilan suhbatlaşgani, ularning ahvoli örganilgani borasida biror söz demagani kişini öylantiradi.

Faqatgina içki işlar idoralari vaziyat nazoratga olindi, deya öz munosabatini bildirganini hisobga olmaganda, boşqa jiddiy munosabat körmadik. Vaholanki, keyingi paytlarda Samarqandda bunday holatlar bir emas, bir neça marta takrorlandi.

Ayol kişining kaltaklanişi bilan boğliq holat Iştixon tumanida röy bergan, afsuski, bu masalada ham uşbu idoralarning sukut saqlaganiga guvoh bölgandik. Buni qarangki, bu holatda ham mehnat huquqlari buzilişi janjalga asosiy sabab edi.

Umuman olganda, mehnat huquqlari yuqorida ta’kidlanganiday, uşbu bozorda istalgança buzilişi mumkin. Birinçidan, ertadan keçgaça işlaş barobarida pulini ololmay qoliş holatlari ham uçrab turadi. Şuning özi bu yerda har qadamda xavf mavjudligini anglatadi. Eng yomoni, ularning tinimsiz mehnati stajga kiritilmaydi. Garçi şunday qiyinçiliklar kuzatilsa-da, mardikor bozoridagilar aynan şu yerdan non topişni istaydi.