Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 8 avgust kuni turizmni rivojlantirish mavzusidagi brifingda so‘zga chiqdi. Bu haqda UzReport telekanali xabar bermoqda.
“Bugungi Toshkent 1994 yildagi Dubaydan zo‘r, aniq ayta olaman. Necha yil bo‘libdi… Sekin-sekin bugun Dubay 80 million* odamni qabul qilyapti. Turizmga juda katta kuch berdi, katta imkoniyatlar [yaratdi], neftga qarab qolmadi. Turizm yo‘nalishida eng yaxshilarini qilishni boshladi va hokazo.
Men o‘ylaymanki, albatta, juda Dubayga yetish qiyindir, lekin yaxshi orzu qilsak, qisman bo‘lsa ham [Dubay darajasida] bo‘lmaymizmi? To‘g‘rimi?” – dedi hokim.
Ortiqxo‘jayev poytaxtda turizmni rivojlantirish maqsadida ishlangan “Salom, Tashkent” videoroligi katta natija berishiga ishontirdi.
“Hammamiz targ‘ibot qilaylik [videorolikni]. Agar: “Senga ishonib targ‘ibot qilgan edik, dekabrda hech kim kelmadi”, desalaringiz, qancha urishsangiz yoki so‘ksangiz, men roziman.
Buni targ‘ibot qilsak, men o‘ylaymanki, bir oy, 20 kundan keyin turistlar yomg‘irday yog‘iladi. Agar hammamiz birga ishlaydigan bo‘lsak, yomg‘irday yog‘iladi. U to 15-20 dekabrgacha boradi. “Rezultati” bo‘yicha sizlar bilan qishda – dekabr oyida sizlar bilan gaplashamiz. Men “rezultat”ga ishlayman”, – ta’kidladi shahar rahbari.
“Salom, Tashkent” roligi:
- *Ma’lumot uchun, Birlashgan Arab Amirliklarining eng mashhur shahri bo‘lmish Dubayga sayyohlar oqimi pandemiyadan oldingi 2019 yilda ilk marta 16 milliondan oshib, 16,7 mln nafarga yetgan. Dubay 2019 yili turistlar eng ko‘p pul sarflagan shaharlar bo‘yicha Mastercard tuzgan reytingda birinchi o‘rinni egallagan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra









