Seul va uning atrofidagi hududlar 8 avgust kuni boşlangan, 1942 yildan buyon kuzatilmagan kuçli yomğir va jaladan keyin suv ostida qoldi. Seşanba kuniga ötar keçasining özida Janubiy Koreya poytaxtiga 422 millimetr yoğingarçilik tuşgan — bu butun oylik normadan köproq. Seul va uning atrofidagi hududlarda hozirgaça töqqiz kişi halok bölgan va yetti kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. 2,6 mingdan ortiq uylar suv ostida qolgan; Seulda 570, şahar atrofidagi hududlarda 1,2 ming kişi vaqtinça boşpanalarga joylaştirilgan. Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yel hukumat nomidan mamlakatning tabiiy ofatdan jabrlangan fuqarolaridan uzr söradi. Quyida uşbu jala oqibatlari aks etgan suratlar.






























