Bunday manyovrlar rossiyaliklar fevral oyidayoq egallab olingan Xerson va uning atrofidagi hududlarni Ukraina armiyasi tomonidan e’lon qilingan qarşi hujumdan himoyalaş istagini anglatişi mumkin.

Janubdagi yangi guruh katta va juda köp desant bölinmalarni öz içiga olgan, mudofaada motoöqçilar örniga bunday bölinmalardan foydalaniş u qadar oqilona qaror bölmaydi.

Bu tez orada Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşidagi asosiy harbiy harakatlar teatri Donbassdagi yalangliklardan janubdagi daştlarga, Dnepr daryosining quyi oqimining ikki sohilidagi hududlarga köçişi mumkinligini anglatadi.

Bu yönalişda tez kunlarda faol harbiy harakatlar boşlanib ketişi va butun uruşga jiddiy ta’sir körsatişi mumkin.

Şu bilan birga Donbassdagi harbiy harakatlar ham töxtamayapti va ukrain piyodalari Rossiya artilleriyasining doimiy zarbalari ostida qolmoqda.

Bu hujumkor guruhmi?

Foto: AFP

Rossiya Xarkiv atrofidagi va Donbassdagi qöşinlarning bir qismini köçirayotgani haqida 28 iyul kuniyoq harbiy şarhlovçi,  «Axboriy qarşilik» guruhi koordinatori Konstantin Maşovets xabar bergandi.

Uning sözlariga köra, iyul oyi oxirida rossiyaliklar Şarqiy harbiy okrug bölinmalarini Xerson va Zaporijjya oblastlariga qayta joylaştirgan.

Xususan, gap uruş boşida Kiyevga bostirib kirgan 35-qöşma armiyasi qismlari haqida ketmoqda: aynan uning 64-motoöqçilar brigadasi mart oyida Buçani işğol qilgan va aynan şu yerda harbiy jinoyatlar sodir etişda ayblangan.

Keyinroq bu 35-armiya Xarkiv oblastining Izyum şahri ostonasidagi janglarda iştirok etgan.

«Şaxsan men uçun, masalan, RF Qurolli kuçlari Şarqiy okrugi 35-qöşma armiyasi harakatga keltirilişi va qöllanişi öziga xos ma’noga ega - bu ularning boş ştabi e’tiborini qayerga qaratganini körsatadi», - degan Konstantin Maşovets.

«Uzoq şarq» brigadalaridan taşqari, rossiyaliklar Ukraina janubiga jami soni 10 ming atrofidagi harbiyni taşkil etuvçi havo-desant bölinmalarining katta qismini ham taşlamoqda.