Tayvan Pekin tomonidan tinç yöl bilan birlaşiş uçun asos sifatida taklif qilingan «bir davlat - ikki tizim» modelini rad etadi. Bu haqda Tayvan TIV rasmiy vakili Joan Ou 11 avgust, payşanba kuni Taybeyda bölib ötgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. «Faqat Tayvan xalqi öz kelajagini hal qilişi mumkin», dedi u.

Pekin tomonidan taklif qilinayotgan «bir davlat – ikki tizim» modeli Hongkong va Makaoga nisbatan qöllanilgan, ularga Xitoy yurisdiksiyasidan ötganidan söng keng avtonomiyaga ega bölgan maxsus ma’muriy maqom va’da qilingandi.

AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining taşrifi munosabati bilan Xitoy orol atrofida boşlagan keng kölamli harbiy maşğulotlarini rasman yakunlaganidan söng, payşanba kuni Tayvan armiyasi navbatdagi jangovar öq uziş maşqlarini ötkazdi.

Tayvan TIV vakili aytişiça, Xitoy Pelosining taşrifidan «status-kvoni yöq qiliş uçun bahona sifatida foydalanib, Tayvan xalqini qörqitiş maqsadida yangi norma yaratiş»ni közlagan.

Nensi Pelosi 2 avgust kuni Tayvanga bir kunlik taşrif uçun uçib keldi. U 25 yil içida Pekin mustaqilligini tan olmaydigan va Xitoy provinsiyalaridan deb köruvçi orolga taşrif buyurgan AQŞ Kongressi Vakillar palatasining birinçi spikeri böldi. 

Oq uy va Pelosining özi ta’kidlaşiça, Vaşington ham mustaqilligini tan olmaydigan Tayvanga taşrif AQŞ pozitsiyasi özgarganini anglatmaydi. Rasmiy Pekin şunga qaramay, bunday taşrifni keskin tanqid qildi, Pelosi ketganidan keyin Xitoy armiyasi orol hududida avval e’lon qilingan havo va dengiz harbiy maşğulotlarini boşladi. Tayvan Mudofaa vazirligi Xitoy maşqlarini öta provokatsion deb atadi hamda yerustidan qöllaniluvçi raketa tizimlari joylaştirilişini e’lon qildi. 

Pekin Pelosining taşrifidan söng Tayvan bilan savdo-sotiqni qisman töxtatdi. Bundan taşqari, Xitoy TIV AQŞ bilan qator sohalar, jumladan, iqlim özgarişi masalasi böyiça hamkorlikni töxtatganini ma’lum qildi. Xitoy Pelosining öziga va uning oila a’zolariga «Xitoyning içki işlariga aralaşgani» va «mamlakat hududiy yaxlitligini buzgani uçun» sanksiyalar kiritdi.