Coca-Cola HBC AG (CCHBC) Rossiya bozorini tark etganidan söng 2022 yilning birinçi yarmida 190 mln yevro (195,4 mln dollar) zarar körganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Qayd etilişiça, kompaniya Rossiyadagi zaxiralarini butunlay tugatgan va Coca-Cola mahsulotlarini işlab çiqariş va sotişni töxtatgan. 

Şu bilan birga, kompaniyaning mahalliy brendlari, masalan, Rich, «Dobriy» va «Moya semya» şarbatlari foyda keltirişda davom etmoqda, dedi CCHBC boş direktori Zoran Bogdanoviç.

Uning ta’kidlaşiça, Rossiya brendlari Amerikaning The Coca-Cola Company kompaniyasi bilan heç qanday hamkorlik qilmayapti.

Bogdanoviç Rossiyadagi biznesini qisqartiriş doirasida bu mamlakatdagi xodimlarini işdan böşatişga töğri kelganini qöşimça qildi. 

Coca-Cola iyun oyida Rossiyadagi faoliyatini töxtatişini ma’lum qilgandi.