Senat raisi, milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva olib borgan majlisda odam savdosi va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş borasida 2022 yil 6 oyi davomida amalga oşirilgan işlar, soha böyiça xalqaro hamkorlik doirasida erişilgan natijalar va kelgusidagi vazifalar töğrisida söz yuritildi.
AQŞ Davlat departamenti tomonidan 2018 yilda e’lon qilingan “Odam savdosi böyiça yillik hisobot”da Özbekiston quyi 3-daraja davlatlari qatoridan 2-darajadagi davlatlar “nazorat röyxatiga” ötkazilgan. Yaqinda e’lon qilingan navbatdagi hisobotda 2021 yildagi kabi xalqaro standartlarni töliq bajariş böyiça keng kölamli işlarni amalga oşirayotgan davlatlar (2- toifa) röyxatida özgarişsiz qoldirildi.
Mamlakatda odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş borasida amalga oşirilgan islohotlar natijasida özbek paxtasiga qöyilgan boykot bekor qilindi. Milliy komissiya tomonidan tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda işlab çiqilgan Özbekiston töqimaçilik sanoatiga xalqaro texnik standartlarni va işlab çiqariş talablarini joriy etiş böyiça “Yöl xaritasi” loyihasi muhokama etildi.
“Yöl xaritasi”da töqimaçilik korxonalarida texnik va işlab çiqariş standartlarini xalqaro darajaga moslaştiriş, xalqaro brend va yirik kompaniyalar mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilişga, paxta-töqimaçilik sanoatidagi korxonalar faoliyatiga xalqaro tan olingan mehnat, işlab çiqariş, texnik va boşqa standartlarni keng tatbiq qilişga qaratilgan 20 ga yaqin tadbirlarni amalga oşiriş belgilangan.












