Germaniya sobiq kansleri Gerhard Şryoder Germaniya parlamenti – bundestag ustidan sudga murojaat qilib, sobiq hukumat rahbarining may oyida qisman bekor qilingan imtiyozlarini tiklaşni talab qildi. Şryoder sobiq kansler ofisini unga qaytarişni va xodimlar ştatini tiklaşni söramoqda. Bu haqda 12 avgust, juma kuni Şryoderning gannoverlik advokati Mixael Nagel dpa nemis agentligiga ma’lum qildi. 

Nagelning sözlariga köra, Şryoder nomidan da’vo arizasi Berlin ma’muriy sudiga yuborilgan. Bundestag budjet qömitasining Şryoderni parlamentdagi byurosidan mahrum qiliş haqidagi qarori noqonuniydir, deyiladi dpa tomonidan olingan advokatlik byurosining bayonotida. 

Şryoderning gannoverlik advokati Germaniyada jinoyat işlari böyiça eng maşhuri advokatlardan biri hisoblanadi, deya qayd etgan agentlik. U Germaniya sobiq federal prezidenti Kristian Vulfning manfaatlarini himoya qilgan. 

May oyida bundestagdagi hukmron koalitsiya 78 yoşli Şryoderning ofisini yopiş böyiça kelişuvga erişgani ma’lum böldi. Bundan buyon sobiq kanslerlarning alohida ta’minoti ularning maqomi bilan emas, balki öz majburiyatlarini bajarişi bilan asoslanadi, deya ma’lum qildi bundestag budjet qömitasi. 

Qömita fikriça, Şryoder endi bunday majburiyatlarni bajarmaydi. Sobiq kanslerning pensiya va himoyasi saqlanib qoladi. OAV hisob-kitoblariga köra, Şryoderning xodimlariga xarajat bir yilda 400 ming yevroni taşkil qilgan. Ötgan yili uning byurosida beş nafar xodim işlagan, ofis rahbari esa oyiga 10 ming yevrodan köproq maoş olgan, deb xabar berdi Handelsblatt. 

2022 yil mart oyida ayrim xodimlar sobiq kanslerning Rossiya haqidagi pozitsiyasiga norozilik sifatida u bilan işlaşdan boş tortdi. Ular bundestag apparatining boşqa joylariga ötkazildi. Ofisning köp yillik rahbari va sobiq kanslerning spiçrayteri ham ketdi. 

Rossiya Ukrainaga qarşi uruş boşlaganidan söng, Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP)ning mintaqaviy bölinmalari Şryoderni partiya safidan çiqariş talablarini ilgari surdi. Biroq, Gannoverdagi GSDP maxsus komissiyasi Germaniya sobiq kanslerini tanqid qiliş yoki partiyadan çiqarib yuboriş uçun heç qanday asos körmadi. 

Germaniyada Şryoder Putindan uzoqlaşişdan boş tortgani va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini qat’iy qoralab çiqmagani uçun keskin tanqid qilinyapti. «Tajovuzkor, Putin kabi uruş qözğatuvçisi bilan heç qanday iş olib boriş kerak emas. Sobiq kanslerga kelsak, gap uning şaxsiy hayoti haqida ketmayapti. Ayniqsa, hozirgi vaziyatda», - deya Şryoderni tanqid qildi Sotsial-demokratik partiya (GSDP) raisi Lars Klingbayl. «Men Gerhard Şryoder tarixning töğri tomonini tanlaşini istardim. Lekin u notöğri tomonni tanladi», - deya qöşimça qildi u.