Ofisi Toşkent şahrida joylaşgan «Rayona Qutlug‘» firmasi uy va avtomobil olib berişni va’da qilib, 300 nafarga yaqin odamdan turli miqdordagi pullarni yiğib olgan, ammo belgilangan muddatda va’dasini bajarmagan. Xabar.uz’ning yozişiça, 4 avgust kuni moliyaviy piramida asosçilaridan biri korxona hisobraqamidagi pullarni yeçib olib, çet elga qoçib ketgan.

Jabrlanganuvçilar avtomobil uçun örtaça 4-5 ming dollar, uy uçun esa örtaça 15-17 ming dollar boşlanğiç tölov tölaşgani, bundan oila a’zolari, turmuş örtoqlari bexabar bölganini ma’lum qilişgan.

Akmal, jabrlanuvçi, Qaşqadaryo viloyatidan:

– «Rayona Qutlug‘» firmasi haqida internet orqali xabar topganman. Avvaliga işonçsizday tuyulgan edi, biroq kelib körganimda bu yerdagilarning mijozlarga muomalasi, tölovlarning bank orqali qilinişi va ayrim mijozlarga berilayotgan uy va maşinalar ularga bölgan işonçimni orttirdi. Qolaversa, firma xizmatlarini islomiy şartlarda taklif qilgani ham ularga işonişimga qaysidir ma’noda turtki böldi.

Ular menga 4 yildan beri işlayotgan firma ekanini aytişgandi. Endi bilişimizça, oçilganiga 8 oy bölgan ekan. Hozir rahbarlaridan biri bankdagi pullarni yeçib, Ozarboyjonga qoçib ketganmiş.

Men 1 avgust kuni uyga 10 yilga bölib tölaş şarti bilan boşlanğiç 120 million söm tölov qilganman. 

Ozoda, jabrlanuvçi. Surxondaryo viloyatidan:

– Töyga deb yiğib yurgan pulimizni olib kelib bergandim. Foizsiz, peniyasiz deyişgani uçun turmuş örtoğimga sovğa bölsin deb, undan ruxsatsiz şu yerga tölov qilganman.

Bu yerga kelganimda odamlar 20 ming dollarlab uyga tölov qilayotganlarini körib, işonib qoldik. 5 nafar böyi yetgan farzandlarim bor, ularning töylari uçun yiğib yurgan pullarimga ozroq qarz kötarib, jami 5 ming dollar tölov qilgandim. Endi hammasiga kuyib ötiribman.

Muqaddas, jabrlanuvçi. Toşkent şahridan:

– Biz ham internet orqali xabar topgandik. Avvaliga işonmadik, ammo bu yerdagilar şunaqa muomala qilişdi va xizmatlari haqida aytib berişdiki, oqibatda yaşab turgan uyimizni sotib, boşlanğiç tölov – 90 kv.m maydonga ega xonadon uçun 170 million sömni tölagan edik. Uç nafar öğlim bor. Turmuş örtoğim bilan kelişib, uyni kengaytirmoqçi edik. Ular istasak köp qavatli uylardan xonadon, istasak hovli-uy olişimiz mumkinligini aytişdi. Biz masalamiz oson hal bölayotganidan, şunday hojatbaror kişilar bor, deb xursand bölib yuraveribmiz...