Amnesty International taşkiloti Ukraina qurolli kuçlari aholi turar joylari, maktab va şifoxonalarda joylaşgani töğrisidagi hisobotni tayyorlaşda Rossiya nazorati ostidagi hududlarda yaşovçi aholining körsatmalaridan foydalanilganini inkor etadi.

Taşkilot Ukraina strategik kommunikatsiyalar markazining tegişli bayonotiga ana şunday javob qaytardi. Avvalroq markaz huquqni himoya qiliş taşkiloti hisobot tayyorlaş uçun Rossiya nazorati ostidagi hududlardagi qamoqxonalar yoki «filtratsion lagerlar»dagi odamlarning körsatmalaridan foydalanganini ta’kidlagandi.

«Biz qöşimça dalillar töplaş uçun intervyu olgan odamlarning heç biri Rossiya qamoqxonalari yoki «filtratsion lagerlari» yoxud Amnesty International kira olmaydigan Rossiya nazorati ostidagi hududlardan emas», — deyiladi taşkilot bayonotida.

4 avgust kuni Amnesty International «Ukraina uruşi taktikasi tinç aholiga xavf tuğdiryapti» nomli hisobotini e’lon qildi. Unda huquq himoyaçilari UQK bölinmalari bir neça bor turar joylar, maktablar va kasalxonalar hududida öz texnikalarini joylaştirgani hamda şu pozitsiyalardan öq uzganini, bu esa tinç aholi uçun xavf tuğdirayotganini ta’kidlagan.

Taşkilotning Ukrainadagi vakolatxonasi direktori Oksana Pokalçuk hisobot e’lon qilingan kunning ertasiga işdan böşaganini e’lon qildi.

Amnesty International taşkilotining Şvetsiyadagi bölinmasi hammuassisi Per Vestberg ham Ukraina qurolli kuçlari ayblangan hisobotdan norozi bölgani uçun öz lavozimini tark etişini aytdi.

Taşkilot keyinroq mazkur hisobot uçun uzr söradi. Şu bilan birga, huquq himoyaçilari hisobotda keltirilgan xulosalardan voz keçmasligini bildirgan.