Toşkent şahar sudining jamoatçilik va OAV bilan hamkorlik böyiça boş maslahatçisi Sadoqat Allaberganovaning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, qotillik uçun sud qilingan 26 yoşli san’atkor muqaddam öğrilik, qasddan badanga yengil şikast yetkaziş jinoyatlarini ham sodir etgan. Marhumning narkotik olib kelib bermagani kelişmovçilikka sabab bölgan. Xumori bosilmagan şaxs tanişining uyiga borib u bilan janjallaşadi va uni bir neça marta piçoqlagaç, voqea joyidan yaşirinadi. Oğir jarohat olgan jabrlanuvçi tez yordam maşinasida jon beradi.

Sudda sudlanuvçi aybiga qisman iqror bölgan. U marhum bilan 2016 yilning yoz oylarida töy marosimida xizmatda tanişib qolgani, uning taklifi bilan töyxona taşqarisida birga naşa çekişgani, keyin ham naşa bilan tez-tez siylab turgani, natijada giyohvand moddaga örganib qolganini aytib bergan.

– Kunlarning birida gaşiş topib beriş uçun u mendan 350 000 söm oldi, ammo olib kelmadi. Unga bir neça marotaba qönğiroq qildim. Dastlab meni haqorat qildi, keyin esa qönğiroqlarimga javob bermay qöydi. Undan qasd oliş uçun kuçli ta’sir qiluvçi dori içib, uyiga bordim. Unga mendan olgan pulni eslatganimda onamdan sökib ketdi”, deya sudda körsatma bergan sudlanuvçi.

Ma’lum bölişiça, şundan söng boşlangan janjal qotillik bilan tugagan. Sudlanuvçi tanişini bir neça marta piçoqlab jinoyat joyini tark etgan. Söngra ukasi va boşqa bir tanişini IIBga olib borişadi va u öşa yerda qilmişini böyniga oladi.

Jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudi sudyasi Muzaffar Kukiyev çiqargan hukmga muvofiq qotillikka qöl urgan san’atkor Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 11 yil ozodlikdan mahrum qilingan. Jinoyat kodeksining 96-moddasiga asosan sudlanuvçi jazoni ijro etiş joylarida giyohvandlikdan hamda toksikomaniyadan majburan davolanişi belgilangan.