O‘zbekiston | 07:56 / 13.08.2022
2932
2 daqiqa o‘qiladi

Nogironligi bo‘lganlarga tibbiy xulosa taqdim etilishini real vaqtda kuzatish joriy etiladi

Tibbiy-maslahat va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari o‘rtasida elektron ma’lumot almashish joriy qilinadi

Tibbiy-maslahat komissiyalari (TMK) va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari (TIEK) o‘rtasida elektron ma’lumot almashish joriy qilinadi.

AOKAda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida sohada amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi.

2021 yil 1 dekabridan boshlab, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari nogironligi bo‘lgan shaxs ishlashi mumkin bo‘lgan kasblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda “Bandlik xizmati” axborot tizimiga yuborish tizimi joriy etilgan.

2022 yilning 1 aprelidan boshlab, o‘zgalar parvarishiga muhtoj 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar ro‘yxatini Pensiya jamg‘armasiga elektron tarzda o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yil 1 sentabriga qadar "Ijtimoiy xizmat" elektron platformasi to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu platforma orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarga elektron tarzda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan tibbiy xulosalar taqdim etilishi hamda agentlik tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ta’minot bosqichlarini real vaqt rejimida kuzatib borish tizimi joriy etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid