2018 yil Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga asosan poytaxtimizning Yaşnobod tumanida muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslarni realibilitatsiya qiliş markazi, ya’ni “Mehr-saxovat uyi” taşkil qilingan. Toşkent şahar IIBB qoşidagi uşbu markaz yaqindagina qayta ta’mirdan çiqdi, ayni vaqt u yerda 100 nafardan ziyod boşpanasiz fuqarolar kiyim-keçak, oziq-ovqat, zarurat bölsa dori-darmonlar bilan ta’minlanmoqda.

Saxovat uyi ikki blokka, erkaklar va ayollar dam oliş xonalariga ajratilgan. Muassasada yaşovçilarga çömiliş xonalari, oşxona hamda böş vaqtlarini unumli ötkazişlari uçun kutubxona ham taşkil qilingan. 

“Bu yerda istiqomat qilayotgan insonlarning hujjatlarida, masalan, pasporti, pensiya hujjatlarida muammosi bölişi ham mumkin, şunday holatlar uçraydi. Bu kabi masalalar IIV tegişli idoralari bilan hamkorlikda bartaraf etilmoqda”, – deydi IIBB jamoat tartibini saqlaş boşqarmasi maxsus qabulxona boşliği örinbosari Zavqiy Döstmurodov.

Zavqiy Döstmurodov Toşkent şahar IIBB Maxsus qabulxona boşliği örinbosari

IIBB axborot xizmati rahbari Nilufar Madiyevaning aytişiça, markazda yaşovçilarning soni özgaruvçan.

“Boisi, bu yerda heç kim majburan uşlab ötirilmaydi, fuqarolar erkin kelib-ketişi mumkin.

Yopiq hudud emas, eşiklarimiz doim oçiq, işi bor bölsa, işlagani çiqişlari ham mumkin, istagan odam kelişi yoki ketişi mumkin, eşiklarimiz doim oçiq turadi. Qiş mavsumida markazga keluvçilar soni ortadi, 400-500 nafargaça ham çiqişi mumkin. Karantin vaqtida 1 ming 500 nafar odam kelgan vaqtlar ham böldi.

Hozir mana şu fuqarolarimizning yaşaşi uçun şaroitlar yaratildi, qöşimça ravişda yana bitta bino quriş ham rejamizda bor”, – dedi u.

Nilufar Madiyeva Toşkent şahar IIBB axborot xizmati rahbari