Umuman olganda, Özbekistonda boşpanasiz şaxslar deganda kimlar nazarda tutiladi?
Vazirlar Mahkamasining 309-son qaroriga köra, kişi 18 yoşdan oşgan bölsa, şaxsini tasdiqlovçi hujjati bölmasa, biron-bir manzilda doimiy yaşaş joyi yoki vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga olinmagan bölsa, ğayriijtimoiy xulq-atvorli bölsa, u boşpanasiz (rasmiy istilohda «muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan şaxs») hisoblanadi.
Kun.uz'ning viloyatlardagi muxbirlari bergan ma'lumotga köra, hozirda bir neçta viloyatlarda Muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslarni reabilitatsiya qiliş markazlari faoliyat yuritmoqda va bugungi izğirin kunlarda boşpanasiz şaxslar şu yerlarga içki işlar xodimlari tomonidan olib borib joylaştirilmoqda.

IIB xodimlari köp qavatli uylarning yertölalaridan, pod'yezdlardan, teplotrassalardan boşpanasiz odamlarni izlaş tadbirlarini olib boryapti.
Poytaxtda boşpanaga muhtojlar şahar IIBB huzuridagi Muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslarni reabilitatsiya qiliş markazida taşkil etilgan «Mehr-saxovat» uyiga olib boriladi va u yerda issiq ovqat, kiyim-boş, gigiyena vositalari bilan ta'minlanadi.
Uşbu markaz Yaşnobod tumanidagi Barotxöja mahallasida joylaşgan. Kun.uz muxbiri 8 yanvar kuni Reabilitatsiya markazi navbatçilik qismi bilan boğlanganida, oxirgi bir sutka içida 203 nafar boşpanasiz röyxatdan ötkazilib, markazga qabul qilinganini ma'lum qilişdi.


Toşkent şahar IIBB navbatçilik qismiga esa 105 nafar fuqaro qönğiroq qilib şunday odamlar haqida xabar bergan va ularga yordam körsatilgan.
Qişning qahratonida köçada qolgan, boşpanasiz odamlarga yordam berişni istaganlar Özbekiston böylab 102 raqami orqali xabar berişlari söraladi. Toşkentda esa şahar IIBBga qaraşli navbatçilik qismining (71) 281-90-32 raqami orqali ham xabar beriş mumkin.
Ma'lumot uçun, Reabilitatsiya markazlariga quyidagi vazifalar yuklangan:
















