Özbekistonda boşpanasiz odamlarga qanday yordam beriladi? Uşbu maqolada Toşkent şahri misolida şu haqda ma’lumot beramiz. Ta’kidlaş lozim, boşqa ayrim hududlarda ham deyarli şunday tartib örnatilgan.
Toşkentning Yaşnabod tumanida muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslarni rebilitatsiya qiliş markazi, ya’ni “Mehr-saxovat uyi” 2018 yilda oçilgan. 200 kişiga möljallangan bu maskanda hozir 100 dan ortiq boşpanasiz odamlar yaşaydi.
“Mehr-saxovat uyi”ga kimlar qabul qilinadi?
“Mexr saxovat” uyiga 18 yoşdan yuqori bölgan, muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan, yaqin qarindoşlari bölmagan şaxslar qabul qilinadi.

Kimga murojaat qiliş kerak?
Boşpanasiz insonlar “Mehr-saxovat uyi”ga turli yöllar orqali kelib qolişadi. Aksariyat hollarda ular içki işlar xodimlari tomonidan yoki volontyorlarning xabarlari asosida topiladi.
Şuningdek, uyi, borişga joyi bölmagan fuqarolarning özlari ham “102”ga qönğiroq qilişlari yoki hududiy inspektorlarga murojaat qilib markazga olib kelinişi mumkin. Bundan taşqari, saxovat uyi 24/7 rejimda işlagani uçun odamlar istagan vaqtida u yerga özlari borişlari ham mumkin.
Ma’lumotlar bazasi yordamida fuqaroning şaxsi aniqlaştiriladi. Haqiqatan ham boşpanasiz qolgan, yaşaşga boşqa joyi yöq, qarindoş-uruğlari ham yöq bölsa, “Mehr-saxovat uyi”ga joylaştiriladi.

Markaz qanday yordam beradi?
Muayyan yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslar reabilitatsiya markaziga qabul qilingaç, dastlab ularning fotosuratlari va barmoq izlari olinib, tibbiy va şaxsiy körikdan ötkaziladi va ularga kiyim-keçaklar beriladi.

Kiyim-keçakdan taşqari, yaşovçilarga har kuni 3 mahal ovqat, bazaviy dori-darmonlar ham beriladi. Qolaversa, pasport yoki pensiya hujjatlari bölmaganlarga hujjatlar tiklanişida amaliy yordam ham körsatiladi. Ular keyinçalik iş bilan ham ta’minlanadi.


















