Iyun oyida Yevroittifoqdan Rossiyaga mahsulotlar eksporti 4,45 mlrd yevroni taşkil etdi.

Eurostat agentligining qayd etişiça, iyunda eksport hajmi may oyidagiga (3,78 mlrd yevro) nisbatan 18 foizga oşgan. Eksport ösişi apreldan keyin ketma-ket ikkinçi oy kuzatildi. Ammo 2021 yil iyuni (7,21 mlrd yevro) bilan taqqoslaganda, bu sezilarli darajada kam.

Iyunda Rossiyaning eng yirik eksportyori Germaniya böldi: 1,16 mlrd yevrolik mahsulot yetkazib berilgan. Ikkinçi örinda esa Italiya joylaşdi: 532 mln yevrolik eksport. Polşadan mahsulot yetkazib beriş qariyb 1,6 baravarga (395 mln yevro), Boltiq mamlakatlari eksporti öttiz foizga oşgan (481 mln yevro).

Yevroittifoqdan Rossiyaga nasoslar, sentrifugalar, idiş yuviş maşinalari, qişloq xöjalik maşinalari, taom va içimliklar tayyorlaş qurilmalari eksporti keskin ösgan. Keyingi örinda esa dori-darmonlar turibdi: iyun oyida Rossiyaga 791 mln yevrolik dori-darmon yetkazib berilgan.